08:55 (17.01.2025)

385

FDA oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shimcha markirovkalashni taklif qildi

AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilariga qadoqlarning old tomoniga mahsulot tarkibidagi ozuqaviy moddalar haqida ma’lumot beruvchi yorliqlarni joylashtirishni taklif qildi.

Bu iste’molchilarga yanada sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashga imkon beradi, deb taxmin qilinmoqda.

Bunday chora-tadbirlar hukumatning amerikaliklar orasida surunkali kasalliklarga qarshi kurashish borasidagi sa’yi -harakatlari doirasida amalga oshirilmoqda.

Agar loyiha amalga oshirilsa, iste’molchilar nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, balki ortiqcha iste’mol qilish surunkali kasalliklar, shu jumladan, qandli diabet va yurak kasalliklarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan uchta modda - to‘yingan yog‘lar, tuz va shakar haqida ham ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti oktyabr oyida oziq-ovqat va ichimliklar qadoqlarining old tomonida ularning ozuqaviy xususiyatlari haqida oson o‘qiladigan ma’lumotlar bo‘lishi kerakligini e’lon qilgandi.

Ayrim mamlakatlarda, masalan, Avstraliya, Belgiya, Chili, Fransiya va Italiyada oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy yoki ixtiyoriy markirovkalash tizimi joriy etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech