14:50 (16.01.2025)
510
Germaniya dorixonalar tarmog‘ining misli ko‘rilmagan qisqarishiga duch kelmoqda, deb yozadi Reutlinger General-Anzeiger gazetasi.
ABDA farmatsevtika assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib mamlakatda 17 041 dorixona qoldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga kam.
Bu statistik ma’lumotlar aholi orasida xavotir uyg‘otmoqda, chunki oxirgi marta bunday past ko‘rsatkichlar 1978-yilda kuzatilgan, o‘shanda Germaniyadagi dorixonalar umumiy soni 16 857 tani tashkil etgan edi. Bu haqda ABDA rahbari ta’kidlab o‘tdi.
Salbiy dinamika yomonlashishda davom etmoqda: agar 2022-yilda 393 ta dorixona o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, 2023-yilda bu raqam 497 taga yetdi. Shu bilan birga, yangi ochilgan dorixonalar soni ham sezilarli darajada kamaygan: 2022-yildagi 68 ta, 2024-yilda atigi 48 ta. Aholi dori-darmonlarni olish uchun uzoqroq masofalarni bosib o‘tishga majbur bo‘lmoqda va dorixonalar bilan ta’minlash darajasi - har 100 ming kishiga taxminan 21 dorixona to‘g‘ri kelmoqda - bu Yevropa o‘rtacha ko‘rsatkichidan (100 ming kishiga 32) past.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inqirozning asosiy omillari orasida sanoatning kam moliyalashtirilishi, inflyatsiya bosimi va pensiya yoshiga yetgan xodimlarni o‘rnini bosuvchi yosh kadrlarni topish qiyinchiligi kiradi. Zamonaviy yosh farmatsevtlar o‘zlarining dorixona bizneslarini iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb hisoblashadi, bu esa mavjud muammolarni yanada kuchaytiradi.