17:00 (14.11.2025)

160

"Getz Pharma" “Dori-Darmon” AK Sirdaryo mintaqaviy bo‘linmasida

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining Sirdaryo mintaqaviy bo‘linmasiga qarashli dorixonalar xodimlari va dorixona mudirlari uchun navbatdagi o‘quv-treninggi tashkil etildi. 

Onlayn va oflayn formatlarda o‘tkazilgan o‘quvda xalqaro farmatsevtika bozorida o‘z o‘rniga ega Getz Pharma (Pvt.) Limited kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘quv seminari doirasida mutaxassislar Getz Pharma kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan, retsept va retseptsiz beriladigan- qandli diabed, og‘riq va yallig‘lanishga, bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi, nafas yo‘li kasalliklarida qo‘llaniladigan preparatlar haqida batafsil axborot berdi. Qatnashchilarga ushbu dori vositalarining: tarkibi, farmakologik xususiyatlari, qo‘llanilish sohalari, saqlash sharoitlari, bemorlarga tavsiya etilishida e’tibor qaratiladigan muhim jihatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

O‘quv so‘nggida interaktiv usulda savol -javoblar o‘tkazildi.

Bu kabi o‘quvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — farmatsevtlar va provizorlarning kasbiy malakasini oshirish, zamonaviy dori vositalari to‘g‘risidagi bilimlarini yangilash va aholiga sifatli farmatsevtik xizmat ko‘rsatishini ta’minlashdan iborat.

Ma’lumot uchun: Getz Pharma (Pvt.) Limited — Markaziy va Janubiy Osiyoda eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lib, dunyodagi 45 dan ortiq mamlakatga o‘z mahsulotlarini eksport qiladi. Kompaniya xalqaro GMP standartlariga to‘liq javob beradigan ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech