18:00 (16.09.2024)
322
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-20-son Farmoniga binoan, 2025-yil 1-yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi belgilangan.
“Dori-Darmon” AKning yana 5 ta dorixonasi GPP sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bular:
1. Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 47-dorixona shaxobchasi
2. Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 54-dorixona shaxobchasi
3. Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 15-dorixona shaxobchasi
4. Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 31-dorixona shaxobchasi
5. Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 44-dorixona shaxobchasi