15:52 (18.03.2024)
1255
Sidney Texnologiya Universiteti olimlari ifloslangan havodan topilgan magnetit zarralari xavfli ekanligini aniqladi, chunki ular Altsgeymer kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Environment International jurnalida chop etilgan maqolada aytilgan.
Oldingi tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, havo yuqori darajada ifloslangan hududlarda yashovchi odamlar Altsgeymer kasalligini rivojlanish xavfi yuqori. Magnetit- temir oksidi birikmasi ham Altsgeymer kasalligiga chalingan odamlarning miyasida koʼp miqdorda topilgan.
Tajriba davomida Alьtsgeymer kasalligiga genetik jihatdan moyil boʼlgan va sogʼlom sichqonlarga toʼrt oy davomida temir, magnetit va dizel uglevodorodlarining juda nozik zarralari bilan taʼsir qilishgan. Olimlar magnetit Altsgeymer kasalligiga xos boʼlgan eng doimiy patologiyalarni keltirib chiqarishini aniqladilar.
Magnetit juda keng tarqalgan havo ifloslantiruvchi hisoblanadi. Bu yuqori haroratli yonish jarayonlari natijasida va avtomobil chiqarayotgan gazlarda, oʼrmon yongʼinlari va koʼmir elektr stantsiyalarida yuzaga keladi.