17:48 (25.08.2025)

152

Yaxshi dam-mehnatga hamdam

Soʼnggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasi iqtisodiyotning muhim strategik tarmogʼiga aylanib bormoqda. Аyniqsa, ichki turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ichki turizm orqali esa yurtdoshlarimiz Vatanimiz tarixi, tabiatini, diqqatga sazovor joylarini oʼrganishi, maroqli hordiq chiqarishi mumkin.

Prezidentimizning 15.05.2025 yildagi Farmoni bilan 2025 yil iyunь oyidan boshlab "Oʼzbekiston boʼylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun har oyning ikkinchi haftasining shanba va yakshanba kunlari "Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan.

"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar uchun 2025 yil 24 avgust yakshanba  kuni Xumson dam olish maskaniga bir kunlik sayohat uyushtirildi.

Ugam daryosining sharqiroq suvlari, Boʼstonliq tumanidagi togʼlarning purviqor koʼrinishi qalblarga sokinlik berib, oʼrmonlari, tabiatning beqiyos goʼzalligi dillarni yayratdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech