15:30 (10.02.2025)

834

O‘pka kasalliklarini tashxislovchi SI o‘z qarori sababini shifokorlarga tushuntirib beradi

Xalqaro olimlar jamoasi o‘pka kasalliklarini samarali tashxislash uchun sun’iy intellekt (SI) modelini yaratdi. Tadqiqot Frontiers in Computer Science jurnalida chop etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sun’iy intellektning mashhur versiyalari turli kasalliklarga tashxis qo‘yishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Shuningdek, shifokorlar modellarga to‘liq ishona olmaydilar, chunki ular ko‘pincha sun’iy intellekt qanday asosda ma’lum bir xulosaga kelganini bilisholmaydi. Olimlar respirator kasalliklarni samarali aniqlay oladigan va nima uchun muayyan qaror qabul qilinganligini tushuntirib beradigan modelni yaratdilar.

Tashxis qo‘yish jarayonida model o‘pkaning ultratovush qaydlarini ko‘radi, o‘rganadi va vaziyatni dinamik ravishda baholaydi. Tadqiqot muallifi Niush Shafiobodiyning so‘zlariga ko‘ra, kasalliklarga tashxis qo‘yishning aniqligi 96,57 foizga yetgan – natijalar mustaqil ekspertlar tomonidan tasdiqlangan.

Bundan tashqari, model yozuvlarni o‘rganayotganda shifokorlarga nima uchun ma’lum bir xulosaga kelganini tushuntirishi mumkin. Tizim, shuningdek, issiqlik xaritalari va tasvirni fokuslash usuliga tayanadi. Yangi SI modeli o‘z xulosalarini dalillar bilan tasdiqlaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday tizimlar sil, astma, saraton, surunkali o‘pka kasalliklari va o‘pka fibroziga tashxis qo‘yishda qo‘llanilishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech