09:00 (27.03.2025)
308
Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Roʻyxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan taʼminlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixonalar bir qator funksiyalarni amalga oshiradi. Xususan:
- dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizatsiyasi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan taʼminotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari);
- dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar boʻyicha yoki retseptsiz chakana realizatsiya qilishni, shuningdek,- belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yoʻq qiladi;
- isteʼmolchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojoʻya taʼsiri va samaradorligi past holatlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qiladi;
- ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud boʻlgan va vaqtincha mavjud boʻlmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda maʼlumot taqdim etadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qoʻllash boʻyicha maslahat berish va axborot yordami koʻrsatadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi toʻgʻrisida axborot berish imkonini taʼminlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmogʻi boʻyicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
- ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan cheklangan narxlar koʻrsatilgan dori vositalari assortimenti roʻyxatini koʻrinarli joyda joylashtiradi;
- shifokor retsepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini oʻtkazadi (tegishli litsenziyasi mavjud boʻlganda).