17:30 (10.01.2025)

45

Imo-ishora tili: Qoʻllar soʻzlaydi, amaliyot mustahkamlaydi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2024-yildagi "Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi Qarorida 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

- vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni oʻtkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini taʼminlashi;

- vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida oʻqitilishi belgilangan edi.

Mazkur qarorga asosan "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining "Murojaatlar bilan ishlash" boʻlimi boshligʻi M. Abdullayev  Respublika kasbiy koʻnikmalar markazida tashkil etilgan surdotarjimonlik kurslarida tahsil olmoqda.

Ishora tilida barmoqlarning har bir harakati soʻz maʼnosini anglatadi. Kurs davomida  guruh tinglovchilariga ishora tilining asosiy harakatlari oʻrgatilib, jamoaviy oʻyinlar orqali har bir ishora amalda sinab koʻrilayapti.

Bir soʻz bilan aytganda dars jarayonlari tinglovchilarning  nazariy bilimlarini mustahkamlab,  kelajakda amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech