16:03 (21.02.2023)
2780
Hurmatli investorlar! Eslatib o‘tamiz, “Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyatining 51 foiz ulushini xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilish muddati tugashiga ikki haftadan kamroq vaqt qoldi.
Potentsial investorlarga aktivni o'rganish, sotish jarayonlarini yanada shaffof va raqobat muhitida o'tkazish, shuningdek, qo'shimcha potentsial investorlarni jalb qilish uchun qulayroq imkoniyat yaratish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyatining 51 foiz ulushini xususiylashtirish” 2023-yil 5-mart soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)gacha qiziqish bildirish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi.
Ilgari e'lon qilingan qiziqish bildirishning barcha boshqa ma'lumotlari o'zgarishsiz qoldi.
Barcha manfaatdor shaxslar qiziqish bildirish arizalarini quyidagi pochta manzillariga yuborishlari mumkin: azamat.sadikov@piamg.uz, munir.yakubov@piamg.uz.