09:00 (16.01.2025)

413

CNN tadqiqoti: protein tarkibida xavfli metallar topildi

CNN sport oziq-ovqatining laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazdi va protein (oqsil) kukunlari tarkibida og‘ir metallar, xususan, kadmiy va qo‘rg‘oshin ko‘pligini aniqladi.

Shu bilan birga, bu metallarning eng ko‘p miqdori o‘simlik mahsulotlari va shokolad ta’miga ega mahsulotlarda mavjudligi aniq bo‘ldi. Masalan, shokoladli sport qo‘shimchalari tarkibida vanil ta’mli mahsulotlarga qaraganda 4-marta ko‘p qo‘rg‘oshin va 110-marta ko‘p kadmiy mavjud.

Ma’lumki, qo‘rg‘oshin har qanday konsentratsiyada sog‘liq uchun juda xavfli, kadmiy esa kanserogen bo‘lib, inson yuragi, buyraklari, ichaklari, miyasi, nafas olish va reproduktiv tizimlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

"O‘rtacha hisobda organik protein kukunlarida noorganik kukunlarga qaraganda uch baravar ko‘p qo‘rg‘oshin va ikki baravar ko‘p kadmiy mavjud edi," - deya ta’kidladi loyiha ijrochi direktori Jaklin Bouen.

Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, no‘xat asosidagi protein kukunlari eng xavfsiz hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech