09:01 (04.06.2025)

112

IV xalqaro farmatsevtika forumi o‘z ishini boshladi

Kuni kecha poytaxtimizda IV xalqaro farmatsevtika forumi o‘z ishini boshladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa qator davlat tuzilmalari ko‘magida o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda 15 dan ortiq mamlakatlar, jumladan, Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridan 200 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.

Forum doirasida soha bilan bog‘liq qator dolzarb masalalar tahlil qilinishi rejalashtirilgan. Ular quyidagilardan iborat:

• sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish;

• sug‘urta tibbiyoti, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning barqaror modellarini joriy etish salohiyati;

• dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solishni yanada kuchaytirish;

• narx belgilash, raqamli markirovkalash va bozor tahliliga zamonaviy yondashuvlar;

• Samarali marketing strategiyasi hamda farmatsevtika mahsulotlarini targ‘ib qilish va boshqalar.

Shuningdek, anjumanda yalpi majlislar, panel sessiyalari, amaliyotga yo‘naltirilgan mahorat darslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech