12:09 (17.04.2024)

1162

Qizilmiyani oz miqdorda ham isteʼmol qilish qon bosimini oshirishi mumkin

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JST) tavsiyasiga koʼra, oz miqdorda qizilmiya isteʼmol qilish sogʼlom yoshlarda qon bosimi darajasini oshirishi mumkin. Buni Shvetsiyaning Linkoping universiteti mutaxassislari The American Journal of Clinical Nutrition jurnalida taqdim etgan tadqiqot natijalari tasdiqlamoqda.

Taʼkidlanishicha, qizilmiya tarkibida mavjud boʼlgan glysyrrhizis kislotasi qon bosimining oshishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun JSST tavsiyalariga koʼra, uni ishlatish 100 milligramm yoki undan kam boʼlishi kerak. Shvetsiyalik olimlar ushbu doza sogʼliq uchun xavf tugʼdirishi yoki yoʼqligini sinab koʼrishga qaror qildi.

Tadqiqot tanlab olingan 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlganlar orasida oʼtkazilgan. Ular ikki guruhga boʼlingan. Shunday qilib, birinchi guruhi ikki hafta davomida har kuni 100 milligramm glysyrrhizis kislotasi boʼlgan 3,3 gramm shirin qizilmiya konfetini isteʼmol qilgan, ikkinchi nazorat guruhiga esa bu kislotasiz vegan tuzli qizilmiya konfetlari berilgan. Tajribadan ikki hafta oʼtgach, guruhlar oʼrni almashtirilgan.

Tadqiqotdan oldin va tadqiqotda jarayonida guruh aʼzolarinig qon bosimi oʼlchangan. Tadqiqotga koʼra 100 milligramm glysyrrhizis kislotasi boʼlgan qizilmiyani isteʼmol qilgan yosh va sogʼlom odamlarda qon bosimini oshishi kuzatilgan. Olimlarning fikriga koʼra, oʼrtacha oʼsish 3,1 millimetr simob ustunini tashkil etdi.

Maʼlumotlarga koʼra ilgari oz miqdorda isteʼmol qilingan qizilmiya uchun bunday holat kuzatilmagan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech