11:55 (06.05.2025)
50
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi hamda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan "Dori-darmon" AK va "O‘zbekiston dori-ta’minoti" MCHJga qarashli omborxonalarda dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimi doirasida xatlovdan o‘tkazish jarayonlari o‘rganildi.
Markaz mutaxassislari bilan muloqotda xatlov jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi va takliflar bildirildi.
Ta’kidlash kerakki, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish bo‘limi majburiy raqamli markirovkalash tizimini yurtimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni guruhlarga bo‘lgan holda, identifikatsiya vositalari orqali mutasaddi idoralar bilan birgalikda bosqichma-bosqich joriy qilish vazifasini amalga oshiradi.