12:18 (09.09.2024)
268
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan E.A. 56 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.