11:52 (04.10.2023)
1584
Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, dunyoda yiliga oʼrtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qoʼyilyapti. Qurbonlar soni 600 ming nafardan oshmoqda. Ushbu koʼrsatkichlarning oʼrtacha 95 foizi Аfrika qitʼasida roʼyxatga olinyapti.
JSST bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli oʼtgan yangi vaktsinani tasdiqladi. U bundan ikki yil avval foydalanishga tavsiya etilgan ilk muqobilidan, eng avvalo, arzonligi bilan farqlanadi.
Yangi emlash vositasi R21 deb nomlandi. Uning mualliflari — Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti olimlari.
Maʼlumotlarga koʼra, har ikki vaktsinaning samaradorligi oʼxshash. Shunga qaramay, R21 ning bir dozasi 2-4 dollarga teng va bir kishi uchun toʼrt doza talab etiladi. Bu, avvalgi RTS,S vaktsinasi narxidan ikki barobar arzon.
Eslatib oʼtamiz, bezgakka qarshi emlash vositasini yaratish uchun dunyo olimlariga 100 yildan koʼproq vaqt zarur boʼldi.