16:38 (24.01.2023)
4325
Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti sifatsiz va qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlarning paydo boʼlish holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chora koʼrish boʼyicha dunyo davlatlariga murojaat bilan chiqdi.
Murojaatda taʼkidlanishicha, oxirgi toʼrt oy ichida 7 ta davlat yuqori kontsentratsiyalarda dietilenglikolь (DEG) va etilenglikolь (EG) bilan tasdiqlangan yoki shubhali ifloslanishi boʼlgan bolalar uchun retseptsiz yoʼtal siroplaridan foydalanishning bir necha holatlari haqida xabar bergan.
«Bular sanoat erituvchilar va antifrizlar sifatida ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar boʼlib, ular kichik miqdorda ham oʼlimga olib kelishi mumkin va hech qachon dori-darmonlar tarkibida boʼlmasligi kerak», deyiladi JSST xabarida.
Ushbu mamlakatlarning uchtasida 300 dan ortiq oʼlim holatlari sodir boʼlgan, halok boʼlganlarning aksariyati besh yoshgacha boʼlgan bolalar boʼlib, ular sifatsiz dori vositalarini isteʼmol qilgan.
JSST ushbu davlatlarning hisobotlariga tayanib, mazkur holatlar boʼyicha uchta global tibbiy ogohlantirishlarni eʼlon qilgan: 2022 yil 5-oktabrda — Gambiyada yoʼtalga qarshi siroplarni ichishdan 69 nafar bola vafot etgani haqida, 2022 yil 6 noyabrda — Indoneziyada 10 oy ichida besh yoshgacha boʼlgan 133 bola yoʼtalga qarshi va istima tushuruvchi dorilarni ichishi oqibatida buyraklarining ishdan chiqishi hamda 11 yanvarda — Oʼzbekistonda «Dok-1 Maks» dorilarini ichishdan 20 nafar bola vafot etgani haqida.
JSST tartibga soluvchi organlar va hukumatlarni ogohlikka chaqiradi:
JSST dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga ham murojaat qilgan:
Bundan tashqari, JSST tibbiy mahsulotlarning barcha yetkazib beruvchilari va distribyutorlarini quyidagilarga chaqirgan: