17:38 (13.03.2024)
867
Doridarmon_aloqabot orqali yoʻllangan savol:
Surunkali kasalligim sabab dorixonadan shifokor retsepti asosida dori olaman, dorixonaga muntazam qatnashning imkoni boʻlmayapti, retsept asosida 6 oylik dorilarimni oldindan olishim mumkinmi?
Javob:
➖Favqulodda holatlarda,
➖bemorning yashash joyidan joʻnab ketishi,
➖vaqtincha ketishi dorixonaga muntazam qatnashining imkoni yoʻqligi
➖ boshqa shu kabi holatlarda
dori vositalari retsept boʻyicha 3 oygacha boʻlgan muddat mobaynida qoʻllash uchun zarur miqdorda berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Dori vositalari uzoq vaqt amal qiluvchi retsept asosida qisman berilganda retseptning orqa tomoniga dori vositasining miqdori va berilgan sana koʻrsatiladi hamda bemorga qaytarib beriladi. Bemorning dorixonaga navbatdagi murojaati paytida dori vositasining oldin olinganligi haqidagi belgilar hisobga olinadi.
Dori vositasi retseptda nazarda tutilgan miqdorda olib boʻlinganda unga “Retsept haqiqiy emas” degan shtamp bosiladi va dorixonada qoldiriladi.
Bunda retseptning yirtma koreshogi, unga maʼlumotlarni kiritgan holda bemorga qaytariladi.