10:06 (20.11.2023)

1768

Retseptlar dorixonada qancha muddat saqlanadi?

Dori vositalarini retseptlarini saqlash muddatlari:

psixotrop moddalar, etil spirti va anabolik vositalarga berilgan retsept – 1 yil;
dori vositalarini imtiyozli berish uchun retsept – 3 yil;
maxsus pushti rangdagi blankalar boʼyicha berilgan giyohvand vosita retsepti – 5 yil;
boshqa dori vositalariga berilgan retsept – 3 oy.

Saqlash muddati tugaganidan soʼng, retseptlar yoʼq qilish dalolatnoma tegishli rasmiylashtirilishi bilan yoʼq qilinadi.

Shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan retsept asosida imtiyozli taʼminlash xarajatlarini sogʼliqni saqlash muassasalari shartnomaga muvofiq dorixona hisobiga oʼtkazadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech