12:26 (30.07.2025)

94

Dori vositalarini qanday to‘g‘ri qabul qilish kerak?

Dorilarni o‘z vaqtida qabul qilmaslik uning samaradorligiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. 

Agar preparat kuniga bir marta buyurilgan bo‘lsa, unda siz dori vositasini kunning istalgan vaqtida emas, balki bir vaqtning o‘zida qabul qilishingiz kerak.

Agar preparatni kuniga ikki marta qabul qilish buyurilgan bo‘lsa, unda dozalar orasidagi interval 12 soatga teng bo‘lishi kerak (masalan, ertalab soat 8 da va kechqurun 20:00 da).

Agar preparatni kuniga uch marta qabul qilish buyurilgan bo‘lsa, unda dozalar orasidagi interval 8 soatgacha qisqartiriladi (masalan, soat 6.00 da, 14.00 da va 20.00 da).

Dori vositalarini qabul qilishda albatta shifokor ko‘rsatmasiga qat’iy amal qilish zarur!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech