12:00 (04.02.2025)

201

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar dorixonalarda qanday saqlanadi va sotiladi

«Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari toʻgʻrisida" gi Nizomga koʻra, dorixonalarda tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan dorilar seyflarda saqlanishi lozim. 

Ish kunining oxirida seyflar yopilishi va masʼul shaxs tomonidan muhrlanishi kerak. 

Dorixonalar bunday dori-darmonlarni maxsus pushti retsept  blanka asosida  sotadilar. 

Farmatsevt (provizor) tomonidan tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dorining retsepti boʻyicha quyidagilar aniqlanishi lozim: 

➖ tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dorini qabul qiluvchi bemorning yoshi;

➖ tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dori dozasining toʻgʻri belgilanganligi;

➖ tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dori tarkibiy qismlarining mutanosibligi. 

Bunda giyohvand moddalarni oʻz ichiga olgan preparatning nomi qizil qalam bilan yozilishi kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech