09:11 (04.10.2023)

1928

Kaltsiyning turlari

Kaltsiyning foydalari xususiyatlari haqida ko'p yozilgan va aytilgan, ammo biologik aktiv qo`shimchalarda uchraydigan uning birikmalari haqida juda kam ma'lumot mavjud. Keling, ular haqida batafsil ma`lumot berib o`tamiz. 

♦ Kaltsiy sitrat: 

Oshqozon va ichak kasalliklari bor bemorlarda ham yaxshi so'riladi. 60 yoshdan katta bo`lganlar foydalanish uchun tavsiya etiladi. 

♦ Kaltsiy fosfat:

Eng yuqori assimilyatsiya darajasiga ega va ichak motorikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. 

♦ Kaltsiy xelat (kaltsiy + aminokislotalar): 

Uning hazm bo'lishi tez va kislota muvozanatini buzmaydi.

Ogohlantirish: kaltsiy xelatning dozasini 1 kapsulaga sig'dirish qiyin, shuning uchun kuniga bir nechta kapsula qabul qilishga to`g`ri keladi. 

♦ Kaltsiy gidroksiapatit: 

Uning shakli odam organizmidagi kaltsiyga eng yaqin;Tarkibida 1-toifa kollagen va fosforning mavjudligi tufayli kaltsiy yaxshiroq so'riladi. 

♦ Kaltsiy karbonat:

Kaltsiyning eng oddiy va qulay shakli.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech