14:30 (30.04.2026)
41
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har payshanba kunini «Yoshlar kuni” deb e’lon qilish bo‘yicha qabul qilingan qarori hamda yoshlar bandligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va mehnat bozoriga integratsiya qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlarda bitiruvchilarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur meyoriy hujjatlar ijrosi doirasida Alfraganus universiteti bitiruvchilarini ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha «Karyera kuni – 2026» mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi ham yarmarkada ishtirok etayotgan 200 ga yaqin tashkilotlar qatori mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi.
Talabalar kompaniyamiz mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Ularga amaliyot o‘tash, tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi, mehnat faoliyatidagi talablar va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.