14:56 (10.10.2022)
2655
Mamlakatimiz aholisining 3 million 162 ming nafarini keksa avlod vakillari tashkil etadi. Keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida hududlarda "Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat" degan g‘oya ostida 4-10 oktyabrь kunlari "Keksalar haftaligi" tadbirlari o‘tkazilmoqda.
"Buxoro Dori-Darmon" MChJ tomonidan uzoq yillar jamiyatda samarali mehnat olib borgan bir guruh faxriylari uchun "Etti pir" ziyoratgohiga sayohat tashkil qilindi.
Yetti pir — Abduxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me'moriy majmualari nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanadi. Manbalarda Yetti piri komil Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamdan boshlangan “oltin silsila”ning davomchilari sifatida e'tirof etilgan.
Yetti pir bo‘ylab ham ziyorat, ham sayohat qilgan faxriylar bir-birlari bilan dildan suhbatlashdi, jamiyatda foliyat olib borgan yillarini yaxshi so‘zlar, qiziqarli xotiralar bilan eslashdi. Tadbir so‘ngida esa e'zoz va e'tirof uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.