15:50 (16.12.2024)

848

Kongoda bolalarni maymun chechagiga qarshi emlash uchun Yapon vaksinasi qo‘llaniladi

Yaqin kunlarda Yaponiyadan Kongoga maymun chechagiga qarshi vaksinaning birinchi partiyalari keladi. Jami uch million doza yuborilishi rejalashtiriligan. Ushbu vaksinadan bolalarni emlashda foydalaniladi.

Kongoda shu paytgacha ushbu kasallikka zaif bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin bo‘lgan birorta vaksina yo‘q edi.

Sentyabr oyida Yaponiya LC16m8 vaksinasini o‘z milliy zahiralaridan taqdim etishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Ushbu vaksina KM Biologics tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, maymun chechagiga qarshi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Biroq, yuridik masalalar tufayli vaksinani topshirish kechiktirildi.

Ayni paytda barcha to‘siqlar bartaraf etilgan va keyingi haftada yapon vaksinasi Kongoga yetib keladi. Bu yangilikni Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha Afrika markazi bosh direktori Jan Kasayya jurnalistlarga ma’lum qildi.

Vaksina olish kasallik tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha navbatdagi chora bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Kongodagi maymun chechagi bilan tasdiqlangan 10533 holatning 44% dan ortig‘i 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qayd etilgan. Bifurkatsion igna (15 ukol) yordamida kiritiladigan LC16m8 vaksinasini besh yoshgacha bo‘lgan bolalar oladi, dedi Kasayya.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech