15:59 (19.02.2024)
809
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan U.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 100 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʼtkazish maqsadida yonida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Qarshi tuman boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “M.Ph.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi А.Sh. hech qanday hujjatsiz jami 50 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini xaridorga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 94 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.