14:59 (08.02.2024)

848

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yashnobod tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda Qorasuv koʼchasidagi xonadonda yashovchi M.B.ning uyida  fuqaro O.А. (muqaddam sudlangan) jami 392 dona “Regapin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʼtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “N.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi X.А. xaridorga hech qanday hujjatsiz jami 100 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 60 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Uchtepa tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda esa, “Q.Ph. MChJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchisi Sh.Z. fuqaro G.L.ga jami 50 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech