16:00 (05.06.2024)

564

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bagʼdod tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi B.А. fuqaro А.А.ga 55 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 2,5 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulugʼbek tumani va DXX xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda “K.M.” MChJ dorixonasi sotuvchilari D.N. va M.Sh. fuqaro S.B.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʼlgan 9 dona “Reduksin” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz 280 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 130 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech