12:24 (20.05.2024)

639

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda kuchli taьsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʼullanib kelgan F.Sh. fuqaro Sh.Sh.ga 17 ta konvolyutdan iborat, jami 170 dona kapsuladagi “ZOTA Pregabalina” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3,4 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 172 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yunusobod tuman boʼlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʼullanib kelgan А.T., А.А. va boshqalar 14 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro Z.А.ga 1 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ushlanib, fuqaro А.T.ning boshqaruvidagi avtomashinadan oʼtkazish maqsadida saqlangan 76 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech