16:24 (22.12.2023)

895

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar O.N. va A.S. jami 2 nafar fuqaroga 468 dona “Reduksin Layt” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 9 mln soʻmga sotgan vaqtida, fuqarolar D.K. va B.S. fuqaro N.K.ga 186 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 6,5 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qamashi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “J.B.” oilaviy korxonasi dorixonasi sotuvchisi X.M. va “Sh.A.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi U.S. xaridorlar M.J. va U.S.ga jami 90 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan jami 430 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va Romiton tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “D.H.” va “K.B.” MCHJlarga qarashli dorixona sotuvchilari D.R. va J.S. 2 nafar xaridorga 30 dona “Gabanerv” hamda 10 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.E. oʻz uyida 115 dona “Regapen”, 84 dona “Lirika” va 26 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech