09:30 (17.09.2025)

68

Qandli dibedga chalinganlar uchun chekish xafli-tadqiqot

Tamaki chekish, uning qaysi turiga mansub boʻlishidan qatʼi nazar, qandli diabetning ikkinchi turi rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Bu haqda Shvetsiya, Norvegiya va Finlyandiya olimlari Vena shahrida boʻlib oʻtgan Yevropaning Qandli diabetni oʻrganish assotsiatsiyasi (EASD) yillik anjumanida maʼlum qildi.

Tadqiqotchilar 7 ming nafardan ortiq insonning maʼlumotlarini tahlil qilgan holda, tamaki chekuvchilarda insulinga qattiq qarshilik bilan bogʻliq diabet shakli (SIRD) rivojlanish ehtimoli ikki barobar yuqori ekanini aniqladilar. Shuningdek, insulin yetishmovchiligi, semizlik yoki yosh bilan bogʻliq diabet turlari rivojlanish xavfi ham 20 foizdan 57 foizgacha oshishi mumkinligi qayd etildi.

Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, genetik moyillikka ega insonlar ayniqsa xavf ostida. Ularda tamaki chekish va irsiy omillar birgalikda kasallikka chalinish ehtimolini uch barobargacha oshiradi.

Mualliflar taʼkidlashicha, tamakidan voz kechish qandli diabetning oldini olishdagi asosiy profilaktik choralardan biri boʻlishi lozim.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech