15:00 (14.01.2025)

598

Dorilar organizmga robotlar orqali yetkaziladi

Amerikalik olimlar bemor tanasiga dori vositalarini aniq yetkazib berish usulini o‘ylab topishdi. Tadqiqot Soft Matter jurnalida chop etilgan.

Manoadagi Gavayi universiteti olimlari “Yanus zarralari” deb nomlangan mikroskopik robotlarni yaratdilar. Ularga tananing kimyoviy signallarini tanib olish va ularni boshqarish o‘rgatilgan.

Tadqiqotchilar ular ishlab chiqqan mikrorobotlar kimyotaksisga - mikroorganizmlarning kimyoviy tirnash xususiyatini beruvchi ta’sirga javob berish qobiliyatiga moyil ekanligini aniqladilar. Tajriba davomida olimlar Yanus zarralari yoniga kimyoviy plastir qo‘yishdi va robotlar unga qarab harakatlandi. Olimlarning qayd etishicha, bunday robotlar bevosita bemor tanasiga dori vositalarini samarali “yetkazib berish" uchun qo‘llanilishi mumkin.

«Bu mikroskopik robotlar butun tanani nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradigan dori-darmonlar bilan to‘yintirish o‘rniga, muammoli hududga - bu infeksiya, o‘simta yoki shikastlanish bo‘ladimi to‘g‘ri “yetkazib borishi” mumkin",- dedi tadqiqot hammuallifi Viviana Mancuso.

Kelajakda olimlar mikrorobotlarning turli muhitlarda o‘zini qanday tutishini aniqlash niyatida.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech