14:47 (01.08.2024)

571

Manfaatlar to‘qnashuviga bag`ishlangan o‘quv seminar o‘tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi “Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Аdliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga Qonunning ijrosini ijrochilarga yetkazilishini hamda mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʼrtasida tushuntirilishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan. 

Аynan shu Qonunni qoʼllash amaliyotini birxillashtirish va vujudga kelayotgan muammoli masalalarga oydinlik kiritish maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Bosh prokuratura va Аdliya vazirligi xodimlari ishtirokida 31 iyulь kuni ZOOM platformasi orqali oʼquv seminari oʼtkazildi.

Ushbu oʼquv seminarda 600 nafardan ziyod xodimlar qatnashdi. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan Komplaens nazorat xizmati xodimlari va kadrlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari Fazilat Yunusova  ishtirok etishdi.

Tadbirda“Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda qoʼyilgan talablar, belgilangan vazifalar hamda mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʼliq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Qizgʼin munozara shaklida oʼtgan seminar davomida ishtirokchilar tomonidan Qonunni qoʼllash borasida muammoli masalalarga oid, shu jumladan, yaqin qarindoshlarning bir idorada mehnat qilishlari, davlat organlari va tashkilotlari nazoratida boʼlgan yuridik shaxslarning faoliyati, manfaatlar toʼqnashuviga oid deklaratsiyani toʼldirish, bu boradagi munosabatlarni nazorat qilishga oid 40 dan ziyod savollarga mutaxassislar asoslantirilgan javoblar berishdi.

Tadbir davomida barcha savol-javoblar uslubiy qoʼllanma shaklida chop etilishi haqida ishtirokchilarga maʼlum qilindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech