08:54 (05.04.2024)

775

Mart oyida 980 oʻram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi

Yurtimizda muntazam ravishda, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida har oyda bir qator tezkor tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlarini ekpertizadan oʻtkazish boʻyicha 166 ta murojaat kelib tushgan.

Taqdim qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar oʻrnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilganda tahlillar natijalariga koʻra, noqonuniy muomalada boʻlgan:

➖ 7173 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtgan va muvofiqlik sertifikati mavjud;
➖ 10664 oʻram -
davlat roʻyxatidan oʻtmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;
➖ 16 oʻram -
yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha nomuvofiq (kontrafakt);
➖ 800  oʻram -
yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);
➖ 980 oʻram –
qalbakilashtirilgan, umumiy 19633 oʻram farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi yuzasidan xulosa berildi. Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan va O’zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech