14:49 (19.03.2024)
1468
Qandli diabetni davolash boʼyicha koʼplab koʼrsatmalarda birinchi darajali dori sifatida tavsiya qilinadigan metformin surunkali buyrak kasalligi bilan ogʼrigan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Janubiy Koreyadagi tadqiqotchilar uchta uchinchi darajali shifoxona maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda, metforminning buyrak funktsiyasi va diabetda yurak-qon tomiriga taʼsirini koʼrib chiqdi.
Tibbiy maʼlumotlar tahlili shuni koʼrsatdiki, metformin yangi tashxis qoʼyilgan 2-toifa diabet bilan ogʼrigan bemorlarda diabetik nefropatiya va jiddiy buyrak hamda yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytirdi.
Har bir shifoxonadagi bemorlarga faol aralashuv va nazorat guruhlari tayinlangan hamda ikkita toifaga boʼlingan:
• qandli diabet tashxisi qoʼyilganda diabetik nefropatiya hali rivojlanmaganlar
• buyrak funktsiyasi susaygan bemorlar.
Tadqiqotchilar metforminni 2-toifa diabet tashxisidan keyin va kuzatuv davridan soʼng uzluksiz qabul qilgan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan insulьt va buyrakga jiddiy yon taʼsirlari xavfi past ekanligini aniqladilar. Qandli diabet bilan ogʼrigan va nefropatiyasi boʼlmagan bemorlarda metforminni uzluksiz isteʼmol qilish buyrak funktsiyasining buzilishi xavfini kamaytirgan.