12:35 (28.02.2024)

1448

“IMUDON” tovar belgisiga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga “Abbot Products Operations AG” (Shvetsariya) kompaniyasining unga tegishli bo‘lgan “IMUDON” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan tegishli choralar ko‘rish to’g’risidagi murojaati kelib tushgan.

Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda MChJ “E.M.P.”ga nisbatan tekshirish o‘tkazilganda “IMUDON” tоvаr belgisiga iste’molchilarni fonetik jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Aksan Imudon” nomli tabletka shaklidagi biologik faol qo`shimcha ishlab chiqarilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan MChJ “E.M.P.”ga nisbatan huquqbuzarlikni bartaraf etish to’g’risida majburiy bo’lgan taqdimnoma kiritililgan va aniqlangan 600 dona kontrafakt dori vositalari yo’q qilib tashlangan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech