17:50 (23.12.2024)

36

Misr O‘zbekistonga gepatitga qarshi dori vositalarini yetkazib bermoqda

O‘zbekiston Prezidentining  gepatit S ni davlat byudjeti hisobidan davolash bo‘yicha tashabbusi doirasida Misr hukumati tomonidan gumanitar yordam  sifatida ajratilgan «Sofosbuvir» dori preparatining  navbatdagi  partiyasi Toshkentga  olib kelindi.

720 o‘ramdagi dori  vositalaridan iborat yuk Uzbekistan Airways  aviakompaniyasi tomonidan  Sharm-al-Shayxdan yetkazildi. Bu 2030 yilgacha  gepatit kasalligiga barham berish milliy dasturiga  ko‘ra  Misrdan O‘zbekistonga keltirilayotgan insonparvarlik yordamining  27-partiyasi hisoblanadi. 

Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Misr hukumati qiymati  4,2 million dollar bo‘lgan jami  800 ming dona «Sofosbuvir», «Daklatasvir» va  «Entekavir» preparatlarini yetkazib beradi. 

Shu kungacha  qiymati 1,461 million dollarga teng qariyb 13,4 tonna dori-darmonlar olib kelindi. Dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash  vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida davolanayotgan  bemorlarga tarqatilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech