08:58 (23.07.2025)
248
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, Navoiy viloyati Karmana tumani, Xo‘ja Xisrav MFY, Sadoqat ko‘chasi 36-uy manzilida joylashgan «BURXANOV FARM 2415» mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.
Muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan 18 turdagi dori vositasini saqlayotgan va realizatsiya qilayotgan «BURXANOV FARM 2415» MCHJning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Karmana tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.
Hamda «BURXANOV FARM 2415» MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 14-sentyabrda berilgan 283-sonli litsenziya bekor qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil boshidan buyon litsenziya talab va shartlarini buzgan 20 ta dorixonaning litsenziyasi tegishli sud qarorlari bilan bekor qilingan.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilgan.