15:16 (06.05.2024)
978
My.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hozirda 520 ta onlayn xizmatlar koʼrsatib kelinmoqda.
Ular qatorida sogʼliqni saqlash sohasiga oid xizmatlar ham boʼlib, minglab yurtdoshlarimiz ular orqali uydan chiqmasdan, birgina telefon orqali oʼzlariga zarur maʼlumotlarga ega boʼlishmoqda.
My.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “Sogʼliqni saqlash” boʼlimida 15 ta onlayn xizmatlarni oʼz ichiga oladi, ular quyidagilar:
♦ Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish;
♦ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish;
♦ Sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash salomatlik koʼrsatkichlari haqida maʼlumot olish;
♦ Oilaviy shifoxona shifokori maʼlumotlari bilan tanishish;
♦ Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish;
♦ Tibbiy orderni tekshirish;
♦ Shifokor qabuliga yozilish;
♦ Аholining profilaktik koʼriklar taqvimi;
♦ Tibbiy maʼlumotnomalarni olish (083/h shakldagi);
♦ Profilaktik emlanganlik holatini tekshirish;
♦ Davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari haqida maʼlumot;
♦ 40 yoshdan keyingi yurak qon-tomir tizimi kasalliklari xavfini baholash nomogrammasi;
♦ Bolalarning emlanish taqvimi;
♦ Tana vazni va ogʼirligi kalьkulyatori;
♦ COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish.
Shuningdek, portalning “Ijtimoiy himoya” boʼlimida:
- Ruhiy salomatlik boʼyicha dispanserdan maʼlumotnoma;
- Narkologiya boʼyicha dispanserdan maʼlumotnoma olish xizmatlari ham mavjud.
ESLАTMА: Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun OneID tizimida roʼyxatdan oʼtish zarur. Аyrim xizmatlardan foydalanish uchun ERI (elektron raqamli imzo) ham talab qilinishi mumkin.