13:00 (13.10.2025)

49

Silni bir zumda aniqlash usuli topildi

Olimlar sil kasalligini aniqlashda yangi, tahlilsiz usulni taklif qildilar. Ushbu metod balg‘amdan foydalanmasdan, bemor nafasidagi zarrachalarda Mycobacterium tuberculosis (tuberkuloz qo‘zg‘atuvchisi) bakteriyasining DNKSI maxsus TB Hotspot detectOR (THOR) qurilmasi yordamida aniqlandi.

Tadqiqot Open Forum Infectious Diseases jurnalida e’lon qilindi.

Ushbu metod balg‘am tahlilida ijobiy natija qayd etilgan bemorlarning 47 foizida, yuqori bakterial yuklamaga ega bo‘lganlarda esa 57 foizida silni aniqlay oldi. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu yondashuv suyuq analiz topshirish imkoniga ega bo‘lmagan bemorlarni ham shifoxona sharoitida tezkor tekshirish imkonini yaratadi.

Shuningdek, olimlar tibbiy xonalar havosidan olingan namunalarning 30 foizida ham sol tayoqchasi DNKSI aniqlanganini qayd etdilar. Bu esa metodning yuqori sezgirligini tasdiqlashi bilan birga, infeksiyaning yopiq joylarda qay darajada oson yuqishi mumkinligini ham ko‘rsatadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech