15:00 (19.09.2024)

367

Namangan viloyatida 828,1 mln soʻmlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M-s.” MCHJ rahbari B.E. tegishli tartibda ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan, Namangan shahri, “Lola” MFY hududidagi omborxonada Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlangan, davlat reestrida qayd etilmagan umumiy bahosi 828,1 mln soʻm boʻlgan 659 turdagi jami 220 308 dona dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib, “Namangan dori-darmon” AJga qarashli maxsus omborga saqlash uchun topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech