11:52 (20.03.2025)

548

Kurkuma antibiotiklar ta’sirini kuchaytiradi

Xitoylik olimlar kurkuma (zarchava) tarkibidagi faol modda- kurkumin surunkali o‘pka infeksiyalarini davolashda antibiotiklar ta’sirini sezilarli darajada oshirishini aniqladi.

Silga qarshi asosiy dori bo‘lgan bedakvilin bilan birlashtirganda, birikma bakteriyalar o‘sishini sekinlashtiradi va ularning terapiyaga chidamliligini pasaytiradi. Tadqiqot Microbiology Spectrum jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar bir qator tajribalar o‘tkazdi, ularda kurkumin qo‘shilishi bakteriyalarning bedakvilinga chidamli bo‘lib qolishini oldini olishga yordam berishi aniqlandi, bu infeksiyalarni davolashda asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Laboratoriya sichqonlari ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdi bunday kombinatsiya faqat antibiotikni qo‘llash bilan solishtirganda tiklanish imkoniyatini oshiradi.

Ushbu kashfiyot davolash qiyin bo‘lgan infeksiyalarga qarshi kurashda yangi terapevtik yondashuvlar uchun asos bo‘lishi mumkin. Kelajakda tibbiyot amaliyotiga kombinatsiyalangan dori vositalarini joriy etish maqsadida olimlar kurkuminning bakteriyalarga ta’sir qilish mexanizmini o‘rganishda davom etmoqda. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech