15:25 (03.02.2025)

37

Aqlli soatlardan-to‘g‘ri foydalanasizmi?

Ogayo shtati universiteti qoshidagi Veksner tibbiyot-markazi mutaxassislari yurak urishini kuzatuvchi aqlli soatlar va boshqa gadjetlar foydalanuvchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan asosiy xatolar haqida gapirdi.

Dekabr oyida tadqiqotchilar 1008 amerikalikdan yurak urishini nazorat qilish uchun aqlli qurilmalardan qanday foydalanishlarini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdilar. Ma’lumotlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, tadqiqotchilar foydalanuvchilarning qariyb 75 foizi yurak urish tezligini kuzatib borishini, lekin bu haqda shifokorlariga xabar bermasliklarini aniqladilar.

Tadqiqotda ishtirok etgan kardiologlar aqlli gadjetlar tomonidan to‘plangan natijalarni yashirishni foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan asosiy xato deb atadi. Baxtsiz hodisa yoki kasalxonaga yotqizishlarini kutishdan ko‘ra, yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida vaqtida ma’lum qilish kerakligini ta’kidladi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, aqlli soatlar yurak sog‘lig‘ini nazorat qilishda keng foydalaniladigan mashhur qurilma bo‘lib, respondentlarning 32 foizi ulardan foydalanadi. Ikkinchi o‘rinda portativ tonometr - 31 foiz, uchinchi o‘rinda turli xil fitnes ilovalari bo‘lib, ular 19 foiz ulush oldi.

Xulosa qilib aytganda, kardiologlar oddiy vaqtda yurak urish tezligi daqiqada 60-100 marta bo‘lishini, jismoniy faollik paytida maksimal yurak urish tezligini odamning yoshini 220 dan ayirish yo‘li bilan hisoblash mumkinlini ta’kidlashdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech