12:57 (14.07.2025)

200

Kompyuterda koʼp oʼtirish mushak-skelet tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin

Kompyuterda uzoq vaqt ishlaydigan insonlar koʼp hollarda suyaklar va mushaklar bilan bogʼliq kasalliklarga toʼqnash kelishi mumkin.

Kompyuterda koʼp ishlaydigan odamlar koʼpincha mushak-skelet tizimining kasalliklariga duch kelishadi. Bunday kasalliklar qatoriga osteoxondroz va mushaklarning spazmlari kiradi, dedi Yevropa tibbiyot markazining fizioterapiya va mashqlar terapiyasi boʼlimi mudiri Ilya Mixalenko.

«Bunday ish formati tayanch-harakat tizimining turli kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, uzoq  vaqt davomida oʼzgarmas holatda oʼtirish, ayniqsa, boshni oldinga egib turish holati, boʼyin va bel umurtqa qismlariga tushadigan yukni oshiradi. Bu esa qon aylanishini buzadi, umurtqa orasidagi disklarning degradatsiyasiga va asablarni siqilishiga olib keladi. Shu sababli osteoxondroz va churra rivojlanishiga olib kelishi mumkin», — dedi shifokor

Bundan tashqari, sichqoncha va klaviatura bilan ishlash vaqtida qoʼl panjasining doimiy zoʼriqishi natijasida bilakdagi oʼrta (median) asab siqiladi. Bu holat ogʼriq, barmoqlarda uyushish, qoʼlda kuchsizlik kabi alomatlarni keltirib chiqaradi va bilak kanali sindromi (tunnelь sindromi) rivojlanishiga sabab boʼlishi mumkin.  

Notoʼgʼri holatda oʼtirish boʼyin, yelka va bel mushaklarining uzoq davom etadigan zoʼriqishiga olib keladi. Bu holat surunkali ogʼriqlar va harakat faoliyatining cheklanishiga sabab boʼladi, keyinchalik esa mushak spazmlari va miofastsial sindromni keltirib chiqarishi mumkin, — dedi shifokor.

Uning soʼzlariga koʼra, agar oʼtirib ishlash toʼgʼri tashkil etilsa, bunday muammolarning oldini olish mumkin. Ish joyining ergonomikasiga amal qilish juda muhim: stulning balandligi toʼgʼri tanlanishi, monitor koʼz balandligida joylashtirilishi va bilak uchun maxsus tayanch xarid qilinishi lozim. Har 30-60 daqiqada bir marta tanaffus qilish, yengil mashqlar qilib charchoqni oldini olish kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech