11:53 (08.01.2025)
231
Science jurnali muharrirlari 2024-yilda ilmiy hamjamiyatdagi asosiy yutuqlar ro‘yxatini e’lon qilishdi.
Jurnalga ko‘ra, yilning asosiy kashfiyoti OIVga qarshi «Lenakapavir» preparati bo‘ldi. Yangi mexanizmga ega bo‘lgan inyeksion preparat infeksiyani oldini olishning yuqori samaradorligini namoyish etdi.
Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, ular Lenakapavirni nafaqat yuqori samaradorligi tufayli yilning yutug‘i sifatida tanladilar: "muvaffaqiyat OIV kapsid oqsilining tuzilish va funksiyasini yangicha tushunishdan kelib chiqdi".
Yilning ilmiy yutuqlari ro‘yxatiga shuningdek, autoimmun kasalliklariga qarshi CAR-T hujayra terapiyasi, Jeyms Uebb teleskopi yordamida birinchi galaktikalarning paydo bo‘lish mexanizmlarini ochib berish, RNK asosidagi pestitsid spreyi, suv o‘tlari hujayralarida ma’lum bo‘lgan birinchi azot biriktiruvchi organellaning tavsifi kiritilgan.
Science mutaxassislari shuningdek, magnitlanishning yangi turini, Xitoydan 1,6 milliard yil bo‘lgan mikroskopik suvo‘tlarga o‘xshash fotoalbomlarning topilishini va qit’alarning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan mantiya to‘lqinlari nazariyasining kashf qilinishini ham ta’kidlab o‘tishgan.