08:46 (09.02.2024)
875
Koʼpchilik tomonidan beriladigan savolga Santariya-epidemiologiya qoʼmitasi mutaxassisi javob berdi.
- Nima uchun 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlash olib boriladi? Boshqa yuqumli kasalliklarni ham emlash bilan qamrab olsa boʼlmaydimi?
- Emlash kalendariga kiritilgan kasalliklar yuqish darajasi va uning asoratidan oʼlim miqdori koʼpligi sababli JSST tavsiyasi asosida Respublika Bosh Davlat Sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan milliy profilaktik emlashlar kalendariga kiritilgan. Hozirgi kunda 13 turdagi yuqumli kasalliklarga: gepatit B, sil, poliomielit, rotavirus infektsiya, boʼgʼma, qoqshol, koʼkyoʼtal, Xib infektsiya, qizamiq, epidparotit, qizilcha, pnevmokokk infektsiya, VPCh-odam papilloma viruslariga qarshi emlashlar olib boriladi.