08:25 (01.05.2025)
646
Xalqaro patentlanmagan nomi (XPN): ibuprofen
Farmakologik xususiyatlari:
Og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. So‘rilishi – yuqori darajada. Oshqozon-ichak traktida deyarli butunlay so‘riladi.
Qo‘llanilishi:
Nurofen bosh og‘riq, migrenlar, tish og‘rig‘i, nevralgiya, orqa, yelkalarda og‘riqlarda, mushaklar va revmatik og‘riqlar, gripp va shamollash bilan kasallanganlik vaqtida yuzaga keladigan issitmalik qaltirashlarda qabul qilinadi.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Ichga qabul qilish uchun.
Faqat qisqa muddat qo‘llash uchun.
Me’da faoliyati sustroq kasallarga preparatni ovqat bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Preparat kattalar va tana vazni 20 kg dan kam bo‘lmagan bolalarga (taxminan 6 yoshli bolalarga) buyuriladi.
Tabletkalarni qabul qilish oralig‘i kamida 6 soatni tashqil etishi kerak.
Preparatni 5 sutkadan ortiq qo‘llash zarurati bo‘lganida (agar simptomlar yo‘qolmasa), maslahat olish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta’sirlari mavjud (qabul qilishdan avval yo‘riqnomani o‘qib chiqing).
Maxsus ko‘rsatmalar:
Ibuprofenni homiladorlikning birinchi 6 oyligi davomida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tana vazni 20 kg dan kam va 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Saqlash sharoiti: Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda va bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlash kerak.
Dorixonalardan berish tartibi: Retseptsiz.
"Dori-Darmon" AK dorixonalarida "Nurofen" 200 mg N10 tabletkaning narxi: 27,500 so‘m.
Ishlab chiqaruvchi: Reckitt Benckiser Healthcare International LTD
Sertifikat №:010060120901494
Ma`lumot xizmati: (78) 1203800 yoki 1002