14:00 (24.05.2024)
1193
Professor Takesi Ivatsubo boshchiligidagi Tokio universiteti olimlari guruhi qondagi ikkita oqsilni birlashtirish orqali Аlьtsgeymer kasalligini alomatlar paydo boʼlgunga qadar yuqori aniqlik bilan aniqlashga muvaffaq boʼldi.
Altsgeymer kasalligida nuqsonli beta-amiloid oqsillari semptomlar paydo boʼlishidan ancha oldin toʼplanishi maʼlum. Hozirgacha ularning toʼplanishini faqat miya tasvirlari asosidagi yuqori aniqlikdagi uskunalar yordamida aniqlash mumkin edi.
Olimlar Altsgeymer kasalligi belgilari boʼlmagan 474 kishidan olingan qon testlarini miya tasviri natijalari bilan solishtirdi. Qondagi beta-amiloidlar va fosforlangan tau protein-217 birikmasini tahlil qilib, olimlar miyada beta-amiloidlarning toʼplanishini aniqlashga muvaffaq boʼlishdi, bu Altsgeymer kasalligi mavjudligini koʼrsatadi - yosh va boshqa maʼlumotlarni qoʼshganda, diagnostika aniqligi 90% ni tashkil etdi.
"Altsgeymer kasalligining dastlabki bosqichlarida yordam beradigan dori bor. Keyingi qadam- odamlarda kasallik belgilari paydo boʼlgunga qadar davolashdir. Agar kasallikni qon testi yordamida aniqlash mumkin boʼlsa, bu davolanishning erta boshlanishiga xizmat qiladi. ", - deydi professor Ivatsubo.