09:00 (25.07.2024)
800
Hindiston Sogʻliqni saqlash va oila farovonligi vazirligi yoʻtal siroplarini tahlil qilish natijalari toʻgʻrisida hisobot eʼlon qildi - jami 7000 dan ortiq namunalar olindi va oʻrganildi. Ulardan 335 tasi sogʻliq uchun xavfli - dietilenglikol va etilenglikol zaharli moddalar topilgan. Ular sifat standartiga javob bermasligi aniqlandi, deb yozadi The Economic Times gazetasi.
Tadqiqotlar Giyohvand moddalarni nazorat qilish markaziy tashkiloti tomonidan oʻtkazildi.
Eslatib oʻtamiz: Hindiston hukumati davlat laboratoriyalariga mahalliy kompaniyalar tomonidan eksportga moʻljallangan yoʻtal siroplari namunalarini sinovdan oʻtkazishga boʻyruq chiqargan. Ushbu chora 2022-yilda bir nechta mamlakatlarda - Gambiya, Oʻzbekiston, Kamerunda isteʼmolchi-bolalar oʻrtasida sodir boʻlgan ommaviy zaharlanishlar va uning ortidan kelib chiqqan oʻlim holatlari bogʻliq.
Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligining tushuntirishicha, 2022-yil dekabr oyidan buyon 162 ta dori ishlab chiqaruvchi zavodda oʻtkazilgan tekshiruvda " olib kelinayotgan xomashyo sinovdan oʻtkazilmagani” aniqlangan. Hindistondagi 8500 ta kichik dori zavodlarining chorak qismidan kamrogʻi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan xalqaro dori ishlab chiqarish standartlariga javob beradi.