11:27 (17.01.2025)
476
"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi tijorat ishlari boʻyicha direktori Ramil Abdulov, Rivojlantirish va investitsiya direktori Bahodir Masharipov hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi boshligʻi Zafar Umarovlar Golrang Pharmaceutical Investment kompaniyasi bosh direktori (Eron Islom Respublikasi) Janob Ashofte, Faran Shimi kompaniyasi bosh direktori Janob Molaie, Tulipa pharma bosh direktori (Armaniston) Shamshiri Shiva xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda hamkorlik masalalari хususan, Oʻzbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarish korxonasini ochish, Oʻzbekiston farmatsevtika bozoriga sifatli dori vositalarini yetkazib berish va yurtimiz aholisini zarur dori vositalari bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Golrang Pharmaceutical Investment kompaniyasi 2010-yilda Golrang Industrial Group xolding guruhi tomonidan tashkil etilgan va yillar davomida Eron respublikasi farmatsevtika sanoatining muhim va asosiy qismiga aylanib ulgurgan. Kompaniya tizimida bir qator shoʻba korxonalar boʻlib, xomashyo, tayyor mahsulotlar, farmatsevtika, oʻsimlik va oziq-ovqat qoʻshimchalarini ishlab chiqaradi, shuningdek, oʻz mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qiladi.